Buxoro davlat tibbiyot institutiga AQSHning Webster universitetidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi
01.03.2024 2024-03-02 10:14Buxoro davlat tibbiyot institutiga AQSHning Webster universitetidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi

Buxoro davlat tibbiyot institutiga AQSHning Webster universitetidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Webster universiteti rektori Antony Jarvis, Health program koordinatori Shahlo Miralimova, Graduate admission koordinatori Azimaxon Yusupova hamda Graduate Programs manageri Oybek Imomov tashrif buyurdi.


Shartnomaga ko’ra 2024-2025 o’quv yilidan bakalavriat bo’yicha “oliy hamshiralik ishi”, “biologiya”, “kimyo” va “psixologiya” ta’lim yo’nalishlarini yo’lga qo’yish, institutdagi mavjud bo’lgan o’quv dasturlarini o’rganish va yangi dasturlarni ishlab chiqish, kelgusida mazkur ta’lim yo’nalishlarini Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida ochish hamda dars beradigan professor o’qituvchilarni saralab olish AQShdan dasturlarni yo’lga qo’yish maqsadida yetakchi mutaxasislarni yuborish masalalari muhokama qilindi.



Mazkur dasturlarni ishlab chiqish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Kelgusida Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida Webster universiteti markazi ochilishi hamda ikki muassasa o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash to’g’risida kelishib olindi.