BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Hindistonlik professor tashrif buyurdi

photo_2023-04-25_10-20-51

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Hindistonlik professor tashrif buyurdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizda xorijlik talabalar ko‘pligi, umuman xalqaro hamkorlik geografiyasining kengligi bilan alohida ajralib turadi.

BuxDTIda bugungi kunda 15ga yaqin davlatdan minglab talabalar tahsil olmoqda. Ayniqsa, go‘zal Hind diyoridan kelib tib ilmini o‘rganayotgan bo‘lajak shifokorlar 1000 nafardan ortdi. Qolaversa, deyarli har oyda hindistonlik mutaxassislar yurtimizga tashrif buyuradi.

Bugun institutga Hindistonning Kalkutta universiteti professori doktor Sudha Setharam tashrif buyurdi. Institut rektori Shuxrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida hindistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Setharam xonim institutning ta’lim imkoniyatlari bilan tanishib, bu yerdagi imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Kelgusida ikki davlat o‘rtasida fan, ta’lim, sport, iqtisod kabi sohalarda hamkorlik aloqalari manfaatli bo‘lishini tiladi.