Buxoro davlat tibbiyot institutiga Janubiy Koreya davlatining NIKOM tashkiloti delegatsiyasi tashrifi
12.07.2024 2024-07-12 16:09Buxoro davlat tibbiyot institutiga Janubiy Koreya davlatining NIKOM tashkiloti delegatsiyasi tashrifi
Buxoro davlat tibbiyot institutiga Janubiy Koreya davlatining NIKOM tashkiloti delegatsiyasi tashrifi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev boshchiligida L.N.Niyazov, X.N.Qayumov, M.A.Atayeva hamda NIKOM tashkiloti delegatsiyasi a’zolari Lee Young Min, Son Dan Hee, Song Youngil, Kang Dong Yoon birgalikda institut delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borildi.
2023 yil dekabr oyida imzolangan shartnomaga asosan hamkorlikni rivojlantirish va Janubiy Koreyaning ODA fondiga loyiha topshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Loyihaning o‘rganish bosqichini amalga oshirish: infrastruktura va iqlim sharoitlari o‘rganish, mavjud dorivor o‘simliklarni tahlil qilish.
Mazkur loyiha 3 ta bosqichdan iborat. Loyiha 2 ta viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkent hamda Buxoroda. Loyiha byudjeti 5 mln AQSH dollari. Amalga oshirish vaqti 2026–2030 yillarni o’z ichiga oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi: Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan yetishtiriladigan tabiiy dorivor o‘simliklarni qayta ishlash yo‘li bilan dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.