BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Respublika ilmiy tekshirish instituti direktori keldi

938cd5db8765b4e7ca54c

Buxoro davlat tibbiyot institutiga Respublika ilmiy tekshirish instituti direktori keldi

Yaqinda yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga nafaqat mamlakatimizdagi balki dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar, hamkorlik qilish istagida bo‘lgan tashkilot vakillari, rahbarlari tashrifi davom etmoqda

 Kecha, institutga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiev tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon institutning Simulyatsion markazi, klinikasi va o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. Yangidan rekonstruksiya qilingan markazning Buxoro filialining ochilish marosimiga barchani taklif qildi. 

Muloqot chog‘ida ikki muassasa rahbarlari hamkorlik memoriandumi imzolashdi. Unga ko‘ra sohaga taaluqli bir qator yo‘nalishlarda institut va ilmiy markaz hamkorlik aloqalarini kuchaytiradigan bo‘ldi.  Tomonlar yuqumli va parazitar kasalliklar, epidemiologiya, mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya, laboratoriya diagnostikasi, tibbiy statistika va matematik modellashtirish (tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va aspirantlar, klinik ordinatorlar, magistratura talabalarini muayyan kelishilgan mavzular bo‘yicha o‘qitish) bo‘yicha tibbiy ta’lim sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar ushbu fanlar bo‘yicha dasturlar 36 dan 144 soatgacha), yuqumli kasalliklar  patologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish (klinik va laboratoriya xususiyatlari, tashxisoti, terapiya samaradorligi va havo tomchilari orqali yuqadigan, shuningdek ichak, opportunistik va intrauterin infeksiyalar), yuqumli kasalliklarning differensial tashxisotini yaxshilash uchun matematik tashxisot algoritmlarini (neyron tarmoqlari) ishlab chiqish.

Tomonlar vakolatiga kiradigan ilmiy, amaliy va ta’lim masalalarini muhokama qilish, tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilish va maslahatlar bepul amalga oshirishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, markaz hamda institut kelgusida sohaga oid falarning amaliy mashg‘ulotlarini tegishli shifoxonalarda o‘tashda va kelgusida ikki tashkilot o‘rtasidagi oldin imzolangan kelishuvlarga rioya qilinishi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida institut rektori Shuxrat Teshayev mehmonga o‘zbekona iltifot nuqtai nazaridan zarbof to‘n kiydirdi.