Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha ishchi guruh tashrif buyurdi.
08.11.2024 2024-11-08 15:48
BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti
Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha ishchi guruh tashrif buyurdi.
Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xotin-qizlar masalalari bo’yicha ishchi guruh tashrif buyurdi.
Bugun, Oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raislari faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish maqsadida ishchi guruh raisi G.I.Xudoyberdiyeva va Respublika xotin-qizlar maslahat kengashi raisi o’rinbosari B.Tursunova Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.
Ishchi guruh a’zolari institut rahbari Sh. Teshayev qabulida bo’ldi va institut talaba qizlariga yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha suhbatlashildi.
Tashrif davomida talaba-qizlarning umumiy ro’yxati bazasining shakllantirilganligi, Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro’yxati mavjudligi, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyati yaqindan o’rganildi.