Buxoro davlat tibbiyot institutining 3 nafar tadqiqotchilari xorijiy ilmiy stajirovkalarda qatnashadi
15.12.2022 2022-12-20 10:48Buxoro davlat tibbiyot institutining 3 nafar tadqiqotchilari xorijiy ilmiy stajirovkalarda qatnashadi

Buxoro davlat tibbiyot institutining 3 nafar tadqiqotchilari xorijiy ilmiy stajirovkalarda qatnashadi
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Maxsus ekspert guruhining tegishli qaroriga asosan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish rejasi ma’qullandi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining qaroriga asosan “2022-2023 yillarda Buxoro viloyatidan yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladigan yosh olimlar ro‘yxati” tasdiqlandi. Ular orasida BuxDTI professor-o‘qituvchilari ham bor.
1. Qurbonova Zamira Shuxratovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi assistenti, tibbiyot (reproduktologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 1 oy Yeditepe universitetiga (Turkiya);
2. Qudratova Dilnoza Sharifovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tayanch doktoranti, tibbiyot (reproduktologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 2 oy Yeditepe universitetiga (Turkiya);
3. Ashurbaeva Ruqiya Qaxxorovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti, Filologiya (metodika) yo‘nalishi bo‘yicha 1 oy Moskva davlat universitetiga (Rossiya Federatsiyasi);