Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafar talabasi Turkiyada yozgi amaliyotni o‘tash uchun ketdi
22.07.2022 2022-07-26 8:28Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafar talabasi Turkiyada yozgi amaliyotni o‘tash uchun ketdi
Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafar talabasi Turkiyada yozgi amaliyotni o‘tash uchun ketdi
2019 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti to‘rtta yo‘nalishda qabul jarayonlarini boshlagan edi. Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida talabalar tahsil olmoqda.
Joriy yilning 21 iyul kuni mazkur fakultetning 40 nafar talabasi yozgi amaliyotni o‘tash uchun Anqara shahriga uchib ketdi. Safardin oldin talabalar bilan institut rektori Shuxrat Teshaev va rektor maslahatchisi Ma’ruf Maxmudov talabalar bilan muloqot o‘tkazdi. Ularga qisqa vaqt bo‘lsada, bu davlatda o‘tkazadigan amaliyot samarali o‘tishi kerakligini ta’kidladi.
Talabalar sal kam ikki oy davomida u yerda bo‘lib, nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot universitetlarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.
Malakali professorlarning mahorat darslarida ishtirok etishadi. O‘ylaymizki, bunday xalqaro hamkorlik aloqalari tibbiyot va ta’limni rivojlantirishga ajoyib vosita bo‘ladi.