BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutining bir guruh xorijlik bitiruvchilariga   diplom topshirildi 

photo_2023-06-27_08-55-49

Buxoro davlat tibbiyot institutining bir guruh xorijlik bitiruvchilariga   diplom topshirildi 

Bugun institut bitiruvchilari uchun yana katta bayramga aylanib ketdi. Yurtimiz bo‘ylab “Yoshlar oyligi” doirasidagi ma’naviy ma’rifiy va sport tadbirlari  o‘tkazilib kelayotgan bir paytda, institutning yangi binosidagi muhtasham zalda Xorijiy mamlakatlardan qabul qilingan talabalarga diplomlar topshirildi.

Ta’kidlash joizki, institutning Turkmaniston respublikasidan kelib tahsil oladigan talabalari ilk xorijiy talabalar sifatida baholanganiga ham bir necha yillarga yaqinlashmoqda. Bugun besh yil oldin stomatologiya yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar o‘z yurtiga borib qo‘lida mutaxassis diplomini olib shifokorlik faoliyatini boshlashi mumkin bo‘ldi.

Shuningdek, Iordaniya va Pokiston davlatidan ham o‘qishini yuqori kursda yurtimizga ko‘chirgan talabalar ham bugun faxru iftixor bilan qo‘lida diplom bilan yurtiga qaytmoqda.

Talabalar BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev oq yo‘l tilar ekan, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.