Buxoro davlat tibbiyot institutining nufuzli muassasalar bilan hamkorligi davom etmoqda
02.02.2024 2024-02-03 12:49Buxoro davlat tibbiyot institutining nufuzli muassasalar bilan hamkorligi davom etmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutining nufuzli muassasalar bilan hamkorligi davom etmoqda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti shu kunlarda 20ga yaqin davlatning 50dan ortqi ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, qo’shma loyihalari amalga oshirilmoqda.


Jumladan, Rossiya Federasiyasining 10dan ortiq universitetlari bilan qo’shma ta’lim dasturlari, akademik mobillik hamda amaliy tibbiyotdagi hamkorlik jarayonlari ikki davlat uchun ham manfaatli xizmat qilmoqda.
Kuni kecha Moskva shahridagi Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universitetining bir guruh professorlari akademik mobillik doirasida institutga tashrif buyurishdi. Nufuzli mehmonlarni rektor Shuhrat Teshayev qabul qilib, ularga o’zbekona ehtirom ko’rsatdi.


Shu kunlarda institutda Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti va RMTU professori Nikolay Zavadenko tashrif chog’ida institut talabalari hamda magistrlariga mahorat darslari va ma’ruzalar o’tmoqda.

