Buxoro davlat tibbiyot institutining uch nafar talabasi “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” g‘olibi bo‘ldi
05.04.2023 2023-04-06 14:30Buxoro davlat tibbiyot institutining uch nafar talabasi “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” g‘olibi bo‘ldi
Buxoro davlat tibbiyot institutining uch nafar talabasi “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” g‘olibi bo‘ldi
Bu yil ilk bor o‘tkazilgan tanlovda ko‘plab talaba yigit-qizlar ishtirok etib, ular orasidan eng munosiblari nomzodlikka tavsiya etildi.
Institutning stipendiat talabalari:
Bakaeva Nasiba Alisherovna — Stomatologiya fakulteti 5-bosqich talabasi;
Junaidov Amir Xakimjon o‘g‘li — Davolash fakulteti 6-bosqich talabasi;
Bobojonov Xurshid Jumaniyozovich — Pediatriya fakulteti 6-bosqich talabasi;
Ma’lumot o‘rnida “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan 5 nafargacha nomzodga bir yil mobaynida ajratiladi.
Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.