BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING XALQARO ALOQALARI KENGAYMOQDA
16.10.2026 2026-10-15 22:27BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING XALQARO ALOQALARI KENGAYMOQDA
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun akademik mobillik, tajriba almashish hamda kasbiy malaka oshirish imkoniyatlari izchil kengayib bormoqda.
Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)dan 6 nafar talaba institutning Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasida qisqa muddatli akademik mobillik dasturi asosida tahsil olmoqda.
Tashrif davomida xorijlik talabalar institut klinikasi, laboratoriyalar hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar. Shuningdek, ular nazariy mashg‘ulotlar va amaliy jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
Bunday akademik almashinuv dasturlari xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy tibbiy ta’lim yutuqlarini o‘zlashtirish hamda ta’limiy va ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.












Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati