BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro Davlat tibbiyot oliygohi professor o‘qituvchilari va Perinatal markaz mutaxassislari Romitanda

4c233fd5a9e79dab103cc

Buxoro Davlat tibbiyot oliygohi professor o‘qituvchilari va Perinatal markaz mutaxassislari Romitanda

Kuni kecha birlashma majlislar zalida Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Perinatal markazning  “Viloyat tumanlaridagi OShP, OPlarida faoliyat ko‘rsatuvchi akusher ginekolog vrachlari hamda akusherkalarini “Antenatal parvarish standarti” bo‘yicha o‘qitish” rejasiga asosan Buxoro Davlat tibbiyot oliygohi PhD falfasa fanlari doktori G.Mavlonova va Perinatal markaz akusher ginekologlari N.Kotova,  U.Sharipovlar ma’ruza qilishdi.

Seminar tarzida o‘tkazilgan tadbirda Romitan tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan akusher-ginekologlar hamda doyalar ishtirok etdilar.

Tibbiyot Oliygohi katta o‘qituvchisi G. Mavlonova ekstragenetal va jinsiy a’zolardagi kasalliklar homiladorlik davrini qay darajada ta’sir ko‘rsatishi, aniqlangan har bir patologik holatning ona va bolaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollarni berishdi.