Buxoro davlat universitetida respublika ko‘rik-tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi
06.02.2026 2026-02-07 10:49Buxoro davlat universitetida respublika ko‘rik-tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi
Buxoro davlat universitetida respublika ko‘rik-tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi
Mazkur marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Akramov Abdumalik Abdumutalovich ochib berdi hamda o‘z nutqida ushbu nufuzli respublika tadbirining aynan Buxoro viloyatida, Buxoro davlat universitetida o‘tkazilayotgani bejiz emasligini, mazkur oliy ta’lim muassasasi yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g‘oya targ‘iboti va yoshlar faolligini oshirish borasida yetakchi maskanlardan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda hamkorlik qilgan barcha oliy ta’lim muassasalari, mas’ul tashkilotlar va tashabbuskor jamoalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda barcha g‘olib va sovrindorlarni yana bir bor tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar va yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.





Tadbir davomida Markaz tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi tashabbuskorlar e’tirof etildi. Xususan, “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi tyutor”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targ’ibotchisi” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari Vazirlik diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandi.




Buxoro davlat universitetida respublika miqyosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Akramov Abdumalik Abdumutalovich ochib berdi. U o‘z nutqida ushbu nufuzli tadbirning aynan Buxoro viloyatida, Buxoro davlat universitetida o‘tkazilayotgani bejiz emasligini, mazkur oliy ta’lim muassasasi mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g‘oya targ‘iboti va yoshlar faolligini oshirish borasida yetakchi maskanlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda hamkorlik qilgan barcha tashkilot va jamoalarga minnatdorlik bildirdi hamda g‘olib va sovrindorlarga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.







Tadbir davomida Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlarida faol ishtirok etgan tashabbuskorlar e’tirof etildi. Jumladan, “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi tyutor”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari vazirlik diplom va sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Tanlov doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Xususan, institut rektori Shuhrat Teshayev hamda yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.








Shuningdek, “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika tanlovida 2-o‘rin sohibasi — Feruza Toirova, “Eng yaxshi tyutor” tanlovida 3-o‘rin sohibasi — Saidahon Xodjayeva e’tirof etildi. Bundan tashqari, stomatologiya fakultetining uchinchi kurs talabalari jamoasi “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.