BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro tajribasi amalda institutda mahalla faollari tashrif buyurdi.

photo_2024-07-08_08-56-26

Buxoro tajribasi amalda institutda mahalla faollari tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida ta’lim musassasalari joylashgan hududdagi yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni keskin kamaytirish, ular orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitlni yaxshilash maqsadida muassasalarning sport maydonlari, kutubxona va tadbir zallaridan foydalanishlari uchun doim ochiq bo’lishi zarurligini ta’kidlab o’tgan edi.

Shu munosabat bilan bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Sheyxon mahallasi yoshlari hamda faol nuroniylari tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar o’rtasida tashkil etilgan turli sport tadbirlarida ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, institutning viloyatimiz mahallalari bilan muntazam aloqalari doimiy olib borilmoqda. turli sport tadbirlari, tibbiy ko’riklar, nogiron va boquvchini yo’qotganlar holidan xabar olish kabi ezgu ishlar ham yo’ga qo’yilgan.