Buxoro ta’lim muassasslari Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi
03.05.2022 2022-05-05 8:19Buxoro ta’lim muassasslari Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi
Bugun yurtimizga mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning Liberal-demokratik partiyasi tashkiliy qo‘mitasi a’zosi, Birlashgan Qirollik hamdo‘stligining tadbirkorlar klubi xalqaro masalalar bo‘yicha raisi Kishan Divani va Britaniyaning “EdLogica” kompaniyasi bosh direktori Vishal Joshi bilan uchrashdik.
Uchrashuvda ishtirok etgan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshaev va BuxDU prorektori A.Jo‘raev mehmonlar bilan muloqot chog‘ida o‘zari hamkorlik aloqalariga kelishib oldilar.
Muloqot davomida hamkorlikning barcha jabxalari xaqida to‘xtalib, kelgusida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi haqida kelishildi.
Eng asosiysi, ta’limning sohasida, ayniqsa tibbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladigan bo‘ldi.