BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro tibbiyot tizimi Koreya xalq tabobati bilan hamkorlik qiladi

Buxoro tibbiyot tizimi Koreya xalq tabobati bilan hamkorlik qiladi1

Buxoro tibbiyot tizimi Koreya xalq tabobati bilan hamkorlik qiladi

Janubiy Koreyaning “Daegu Haany University” (DHU) xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha 2, tibbiyot ta’limi bo‘yicha 35 va Janubiy Koreya universitetlari orasida TOP-100 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasi hisoblanadi.

Koreya xalq tabobati, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit, madaniyat, biznes va informatsiya, qishloq xo‘jalik va dizaynlar yo‘nalishlari bo‘yicha bir nechta institutlarni o‘z ichiga olgan Daegu Haany University 1981 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 7 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.

Mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasidagi hamkorlik samarali davom etib kelayotgan aloqalar rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki tomonlama bilim va tajriba almashish borasidagi sa’y-harakatlar mavjud salohiyatni yanada oshirish imkonini bermoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripovning Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga yuqori baho berilib, istiqbolda Daegu Haany University bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Daegu Haany Universityning avlod integratsiyasi qo‘llab-quvvatlash markazi direktori Chang Keunning qayd etishicha, universitet Buxoro davlat tibbiyot institutida xalq tabobati asosida ilmiy tadqiqotga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik yoshlarni xalq tabobatiga asoslangan farmasevtika sohasiga o‘qitish, Buxoroda Qirol Sejong koreys tili markazini ochish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Qolaversa, Koreya tomoni Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida qo‘shma RD ilmiy tadqiqot markazini ochish, xalq tabobati bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan aqlli elektron ferma(Ye-farm) qurish, bunda o‘simlik dori-darmonlari, kosmetika va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tarafdori.

Uchrashuvda Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari kengaygani, kelajakda bu boradagi ishlar kuchaytirilishidan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi alohida ta’kidlandi.

Viloyat rahbari koreyaliklar bilan suhbat davomida bildirilgan takliflar va amalga oshirilishi rejlashtirilgan loyihalarni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.