BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro viloyat Yoshlar akademiyasi OTM liderlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi!!

Yoshlar akademiyasi OTM liderlari o'rtasida1

Buxoro viloyat Yoshlar akademiyasi OTM liderlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi!!

⚡️Bugun Buxoro davlat universitetida Yoshlar akademiyasi hudud lideri va oliy ta’lim muassasalarining 4 nafar yetakchi liderlari ishtirokida yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

❇️ Fakultet liderlarini saylash – yoshlar akademiyasi tarkibidagi oliy ta’lim muassasalarida qobilyatli yoshlarni jalb etish.
❇️ Start-up loyihalarni tashkil etish – ijodiy va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.
❇️ Guruh sardorlarini Yoshlar akademiyasiga jalb qilish – iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash.
❇️ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan assambleyada faol ishtirok etish yuzasidan reja grafik ishlab chiqildi.

📌 Uchrashuv qatnashchilari kelgusi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlab, yoshlar uchun yangi istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.