Buxoro viloyati IIB rahbariyatining “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi
03.11.2022 2022-11-07 9:10Buxoro viloyati IIB rahbariyatining “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi

Buxoro viloyati IIB rahbariyatining “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi respublikasi idoralararo ishchi guruhining Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari tizimida mavjud muammoli masalalarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish yakuni bo‘yicha muhokama yig‘ilishida Buxoro viloyat IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosarlariga viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talaba yoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbopsari Erkin Safarov boshchiligidagi masʼul rahbarlarning navbatdagi uchrashuvi bugun 3 noyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba yoshlari bilan o‘tkazildi.

Tashkil etilgan mazkur ochiq muloqotda mutasaddilar davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik haqida alohida to‘xtalib o‘tib, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish borasida so‘z yuritildi. Talaba yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar birma-bir tahlil qilinib, kelgusida bu kabi noxushliklarni oldini olishning aniq va manzilli chora-tadbirlari belgilab olindi.

Uchrashuv so‘nggida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar qaytirildi. Ularning qiziqish va murojaatlari ijrosi yuzasidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu oliy taʼlim muassasasi va Ichki ishlar boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini ishlab chiqib, ijroga qaratish masalasi kelishib olindi.