Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi
18.03.2025 2025-03-19 9:36Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi

Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi
Bugun Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida Buxoro viloyati sport boshqarmasi hamda Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, zarur sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida qo‘shma qaror hamda hamkorlik memorandumlari imzolandi.




Ushbu qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar asosida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida ommaviy sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish orqali sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga ko‘maklashish maqsadida imzolandi.




Mazkur tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham ishtirok etib, hujjatlarni imzoladi.