BuxDTI matbuot xizmati Video galereya

Buxoroda Akusherlik va ginekologiya sohasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

c13c8d4629eb2c9a76898

Buxoroda Akusherlik va ginekologiya sohasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun yurtimizda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmini kengaytirish va sifatini oshirish, ayollar va o‘g‘il-qizlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash masalalari sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib turibdi.

Ushbu masalalarni muhokama qilish va o‘zaro tajriba almashish maqqsadida bugun O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Akusher-ginekologlar assosiatsiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mexmonxonasida tibbiyot fanlari doktori, professor, taniqli akusher-ginekolog Ayupova Farida Mirzayevna xotirasiga bag‘ishlangan “ Budushee akusherstva-ginekologii, reproduktologii i perinatalnoy meditsini»,(Akusherlik va ginekologiyaning istiqboli, reproduktologiya va perrinatal tibbiyot) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada xalqaro tibbiyot muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy filiallardan olimlar ishtirok etishmoqda. 50 nafarga yaqin ishtirokchi tomonidan mahorat darslari, seminar va davra suhbatlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Anjumanda onlayn ishtirok etgan Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ishtirokchilarga va anjuman faoliyatga omadlar tiladi. Shuningdek, kirish qismida Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyev va BuxDTI rektori Shuhrat Teshayev so‘zga chiqib, sohani ivojlantirish borasidagi o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman sho‘balarga bo‘linib ish faoliyatini davom ettirmoqda.