Buxoroda “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovi o’tkazildi
09.08.2022 2022-08-09 20:37Buxoroda “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovi o’tkazildi
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlab ixtirochilik va rasionalizatorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan, ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan xotin-qizlar orasida sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida turli tanlovlar o’tkaziladi.
“Ixtirochi ayollar – 2022” tanloviga o’nlab ixtirochi va rasionalizator xotin-qizlar, olimalar, doktorantlar, magistrantlar, talaba qizlar, muhandislar, loyihachilar, dasturchilar, o’qituvchilar, shifokorlar, farmasevtlar, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlayotgan mutaxassislar, davlat xizmatchilari, agrar soha vakilalari, tadbirkor hamda hunarmand ayollar qatnashdilar.
Ular taqdim etgan hujjatlar va taqdimotlar ekspertlar Kengashi tomonidan tahlil qilindi, o’rganildi. Taqdimotlar ichidan eng yaxshi loyihalar saralab olindi.
Tanlovda Buxoro davlat tibbiyot instituti o’qituvchisi Dilnora Raxmatova eng yaxshi ixtiro g’olibi bo’ldi va Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.