BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda konstitutsiyaviy islohotlarning ijtimoiy jihatlari muhokama qilindi

photo_2023-04-01_10-38-06

Buxoroda konstitutsiyaviy islohotlarning ijtimoiy jihatlari muhokama qilindi

Bugun, 31 mart kuni Buxoro shahrida “Konstitutsion islohot ustuvorliklari: O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan aholiga davlatimizning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgaruvchan rolini, uning ijtimoiy sohani boshqarishdagi vazifalari va mas’uliyatini tushuntirish, shuningdek, ijtimoiy davlatning o‘zbek modelini, uning shakllanishi va keyingi rivojlanish xususiyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbati davomida kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlashni ijtimoiy davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi sifatida rivojlantirish bosqichlari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini isloh qilish va rivojlantirishning konstitutsiyaviy asoslari, Konstitutsiyada o‘qituvchi maqomini mustahkamlash, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlardni va ijtimoiy sohada davlat oldida turgan uzoq muddatli vazifalarni muhokama qildilar.

Muhokama davomida ekspert olimlar, Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar, fuqarolik jamiyati vakillari, OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilar dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini beruvchi platforma yaratilgani uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati ham ishtirok etdi  va nutq so‘zladi.