BUXORODA ONKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG`IShLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI
30.04.2024 2024-05-10 16:14BUXORODA ONKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG`IShLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI

BUXORODA ONKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG`IShLANGAN XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI
Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida onkologoya sohasi boyicha dunyoning nufuzli muassasalaridan tashrif buyurgan olimlar hamda mamlakatimizning etakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o
z ishini boshladi. Anjumanda markaziy Osiyoning Qozogiston, Qirg
iziston, Tojikiston davlatlaridan, hamda Koreya, Mog
iliston, Turkiya va Rossiya, Avstriya davlatidan sohaning turli yonalishlari bo
yicha, tajribali va yosh olimlar ishtrok etishdi. Anjumanda onkologik kasalliklargaqaroshit kurashishning zamonaviy usullaridan keng foydalanish imkoniyatlari har omonlama tahlil qilinib olimlar o
zaro tajriba almashishdi.

Anjumanda “Ozbekistonda gepatopankreato-duodenal soha o
smalarini tashxislash va davolashning zamonaviy holati”, “Qizilo`ngach saratoni: davolashga multidissiplinar yondashuv”, “Onkologik kasalliklarning immunogistoximik diagnostikasi”, “Gastrointestinal trakt limfomalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.



Tadbir doirasida “Yosh onkologlar” anjumani tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlarida shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda onkologiya sohasiga bagishlangan muhim mavzular sho
’ba yigilishlarga bo
linib muhokama qilindi. Unda mutaxassislar songgi yillarda ushbu yo
nalishida kasalliklarni davolash, oldini olishga doir muhim yutuqlar xususida ma’lumot berishdi.



Shuningdek, mutaxassislar onkologiyada zamonaviy diagnostika, jarrohlik-onkologiya, shaxsiylashtirilgan terapiya boyicha ham o
zaro fikr almashdi.
Anjuman doirasida Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti Onkologiya kafedrasi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o`rtasida hamkorlik memoriandumi ham imzolandi.
