BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi

photo_2022-12-17_15-20-53

Buxoroda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi

Bugun, 6 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizga Prezidentimizning Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bӯlib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Ular orasida Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham bor!