BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

BUXORODA TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

d87cf1c6-8d92-4b80-80df-7f4dee128d62

BUXORODA TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

​Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar izchil davom etmoqda.
​Xususan, 2026-yil 21–22-oktabr kunlari institutning Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida “Besh muhim tashabbus” doirasida turli tadbirlar tashkil etildi.
​Jumladan, Davolash yo‘nalishining 119-guruh talabalari uchun tikuvchilik to‘garagi tashkil etilib, ularning amaliy ko‘nikmalari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 204-guruh talabalari esa milliy taomimiz — osh tayyorlash orqali o‘zbek xalqining boy pazandachilik an’analari va milliy qadriyatlarini namoyon etdilar.

​Shuningdek, 209-guruh talabalari o‘rtasida kitobxonlik mashg‘uloti o‘tkazilib, yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish va kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga alohida e’tibor berildi.
​Institut talabalar turar joyida ham “Besh muhim tashabbus” doirasida Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishining 362-guruh talaba-qizlari tikuvchilik to‘garagiga jalb etildi. Mazkur mashg‘ulotlar qizlarning kasbiy va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, hunar o‘rganishiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.
​Bundan tashqari, Xalqaro fakultet talabasi bilan psixolog nazoratida individual mashg‘ulot o‘tkazilib, test va savollar yordamida talabaning psixologik holati o‘rganildi hamda tegishli psixologik ko‘mak ko‘rsatildi.
​Bunday tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, ijodkorligi, milliy qadriyatlarga hurmati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati