Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
29.01.2024 2024-01-30 11:58Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda tibbiyot oliygohlari talabalarining IV xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan navbatdagi talabalar olimpiadasi “Abu Ali ibn Sino ta’limotdan uchinchi rennesansgacha” deb nomlandi.



Mazkur olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, mamlakatimizdagi davlat hamda nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 200 dan ortiq talaba an’anaviy tarzda ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bir nechta seksiya va yo‘nalishlar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Olimpiada g‘oliblari va faol ishtirokchilar 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Natijalarga ko‘ra, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti jamoasi 1- o‘rin, Voronej davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 2-o‘rin, Tojikiston tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Kurolli kuchlari xarbiy tibbiyot akademiyasi talabalari esa faxrli uchinchi o‘rin sohibiga aylanishdi.
Shuningdek, xalqaro olimpiada doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari uchun chet ellik va mahalliy yetakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari, pediatriya va stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 20ga yaqin mahorat darsi o‘tkazildi.