Buxoroda tibbiyot talabalari o‘rtasida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda
21.05.2025 2025-05-21 11:24Buxoroda tibbiyot talabalari o‘rtasida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda
🏛Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot institutida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida V Xalqaro “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan — uchinchi RENESSANSGACHA” nomli olimpiada boshlanmoqda.


🔛Mazkur ilmiy-intellektual tanlov nafaqat respublikamizdagi, balki qo‘shni davlatlardagi tibbiyot yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi yirik an’anaviy tadbirga aylanib ulgurgan. Bu yilgi olimpiadada O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan ham yosh mutaxassislar ishtirok etishadi.


💠Olimpiada tibbiyotning 43 yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy sinovlar orqali namoyish etishadi. Bu esa ularning kasbiy tayyorgarligi, klinik tafakkuri, zamonaviy yondashuvlar bilan ishlash ko‘nikmalari hamda tibbiyotga oid fundamental bilimlarini baholash imkonini beradi.


🖌Olimpiadaning asosiy maqsadi — buyuk alloma Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, uni zamonaviy tibbiyot rivoji bilan uyg‘unlashtirib targ‘ib etish, shuningdek, tibbiyot sohasida xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish, yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
