BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi ochilish marosimi bo’lib o’tdi

photo_2022-06-04_10-19-34

Buxoroda Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Marosimda Turkiy davlatlar Yoshlar tashkilotlari rahbarlari va tashrif buyurgan yuqori darajadagi mehmonlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi davomida 2022-yilni turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” va Buxoro shahrini Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb eʼlon qilish bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Marosim so’ngida Buxoro shahrining birinchi turkiy dunyo yoshlar poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan qo‘shma-qaror va 2022-yil davomida Buxoro shahrida amalga oshirish rejalashtirilgan harakatlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.