BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoroda Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o’tkazildi

Buxododa Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o'tkazildi

Buxoroda Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o’tkazildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida deyarli har hafta ilmiy anjuman, fan olimpiadalari, xalqaro hamkorlikka doir uchrashuv va muloqotlar doimiy ravishda tashkil etilmoqda.

Bugun, 29 yanvar kuni ham institutda “Yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, mazkur anjumanda institutning eng yaqin hamkorlaridan biri bo’lgan Turkiyaning sog’liq bilimlari universitetidan bir oy vaqtdan buyon mamlakatimizda bo’lib talabalarga mahorat darslari o’tgan professor o’qituvchilar hamda Buxoro va Navoiy viloyatidan amaliyotda ishlab kelayotgan infekksionist vrachlar ishtirok etishdi.

BuxDTI rektori Shuhrat Teshayev ochib bergan ilmiy-amaliy konferensiyada yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi, profilaktikasi, tashxisi, davolash usullari va yangi texnologiyalar kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda sohaning yetakchi olimlari tomonidan ma’ruzalar qilindi.