Buxoroda Turkmaniston mustaqilligining 31 yilligi bayram qilindi
28.09.2022 2022-09-28 15:47Buxoroda Turkmaniston mustaqilligining 31 yilligi bayram qilindi
Buxoro shahrida Turkmaniston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti va boshqa ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan turkmanistonlik talaba yoshlar, Turkman milliy madaniy markazi rahbari O. Rahmatov, BuxDTI prorektori Zubayda Bahranova, iborat ustozlar tashrif buyurib, talabalarni qardosh elimizning eng ulug‘ bayrami bilan qutlashdi.
Ta’kidlash joizki, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar asrlar mobaynida shakllangan yaxshi qo‘shnichilik, umumiy tarix, til, madaniyat, an’ana va urf-odatlar o‘xshashligiga asoslangan. Bugun davlatlararo hamkorlik ana shunday mustahkam poydevorga tayangan holda izchil taraqqiy etib bormoqda.
Ayni paytda Turkmaniston Respublikasidan viloyatdagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida 1000dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Birgina Buxoro davlat tibbiyot institutida esa 300ga yaqin talaba tib ilmini o‘rganmoqda