BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

fbb8958332ffcd2f3b807

Buxoroda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-5 may kunlari  shahrimizdagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil qilingan “Zamonaviy morfologiya va uning klinik fanlar bilan integratsiyalashuvi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya ish bo‘lib o‘tdi.  Ilmiy-amaliy onlayn konferensiya Buxoro davlat tibbiyot instituti va O‘zbekiston Morfologlar Assotsiatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Unda qator xorijiy davlatlardan 100ga yaqin olimlar bevosita va onlayn formatda ishtirok etishmoqda.

“Zamonaviy morfologiya va uning klinik fanlar bilan integratsiyalashuvi” ” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyaning kirish qismida so‘z olgan O‘zbeksion Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov va Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroev mamlakatimizda tibbiyotni, tibbiy ta’limni rivojlantirishda bu kabi ilmiy anjumanlarning ahamiyati yuqoriligini va bu borada Buxoro davlat tibbiyot instituti har tomonlama faol ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasining barcha tibbiyot OTM, shuningdek Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi olimlari ishtirok etishdi. Konferensiyada zamonaviy morfologiyaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy axborotlar eshitildi va muhokama qilindi.

Anjumanning ikkinchi ish kuni buyuk bobokalonimiz, Abu Ali ibn Sino tavallud topgan Afshona qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar dastlab alloma haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi. Muzeyga sayohat uyushtirilib, shu yerdagi Jamoat salomatligi texnikumida madaniy dastur ham tashkil etildi. Shundan so‘ng yalpi majlisga bo‘lingan guruhlarda anjuman ish faoliyati davom etdi.

Ushbu konferensiya O‘zbekiston Morfologiya maktabining kelgusidagi rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi, davlatimiz va xorijiy olimlar hamkasblari orasida ilmiy aloqalarning kengayishiga hissa qo‘shadi.