BuxDTI matbuot xizmati

Buxoroda xalqaro talabalar forumi doirasidagi olimpiada davom etmoqda

Morfologiya va jarrohlik1111

Buxoroda xalqaro talabalar forumi doirasidagi olimpiada davom etmoqda

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilayotgan “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro forum doirasidagi olimpiada ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Talabalar nazariy va amaliy bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Musobaqalar jarayonida ishtirokchilar zamonaviy tibbiy yondashuvlar, klinik tafakkur hamda amaliy mahoratini namoyish etmoqda.