Buxoroda yirik xalqaro festival tashkil etildi
16.06.2023 2023-06-20 16:13Buxoroda yirik xalqaro festival tashkil etildi
Buxoroda yirik xalqaro festival tashkil etildi
Buxoroda XX an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali o‘tkazilmoqda.
” -Viloyatga kelayotgan turistlar oqimini ko‘paytirish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy hunarmandchilikni taraqqiy ettirish maqsadlari ko‘zlangan XX xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali ikki kun davom etadi, — deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev festival doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida. — Har yili an’anaviy tarzda Markaziy Osiyo va respublikamiz barcha viloyatlaridan aynan ushbu festivalga keladigan mehmonlar uchun imkoniyatlar muhayyo qilingan. «Ark» qo‘rg‘onidan «Labihovuz» bo‘yigacha masofada tantanalar davom etadi. 150 dan ziyod savdo peshtaxtalarida chustlik pichoqchilar, rishtonlik kulollar, marg‘ilonlik atlas va adras to‘quvchilar, buxorolik zardo‘z va kandakorlar, surxondaryolik va shofirkonlik kashtado‘zlar, tojikistonlik va qirg‘izistonlik dizayner-chevarlar, xorijlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotadilar. Bir so‘z bilan aytganda, joriy u yilgi festival kuzatuvchilari va ishtirokchilari an’anaviy tadbir repertuari bir necha yangi dasturlar bilan boyiganligiga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi, talabalari, xorijlik talaba yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Festival ertaga hamda 18 iyun kuni ham davom etadi.