BuxDTI matbuot xizmati

BuxTDI rektori Indoneziyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

photo_2023-07-31_12-31-28

BuxTDI rektori Indoneziyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Bugun, 25 iyul kuni Buxoro davlat universitetida shu kunlarda Indoneziyadan yurtimizga tashrif buyurgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, turizm sohasi xodimlari va boshqa soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Qayd etish joizki, Prezidentimizning 2018 yil Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur davlat bilan doimiy hamkorlik qilish topshirig‘idan so‘ng ikki tomonlama qator ishlar amalga oshirildi.

Bugun bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida ham qator manfaatli bitimlar va kelishuvlar erishildi.

Dastlab, Gunadarma universiteti rektori, Indoneziya – O‘zbekiston do‘stlik uyushmasini rahbari, O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, professor Eko Shri Margianti bilan uchrashgan institut rektori Osiyodagi eng katta universitetlardan biri bilan hamkorlik qilish ikki tomon uchun manfaatli ekanini bildirdi.

Muloqotlar davomida turizm sohasida innovasion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va innovasion loyihalarda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar ham muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada yaxshilash, ta’lim tizimi va turizmda aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida shuningdek, Shuxrat Teshayev Gunadarma, Mega Buana Palopo, Muhammadiyah Rappang, Padjadjaran universitetlari va LLDIKTI tashkiloti bilan ham hamkorlik memoriandumi imzoladi.