Buyuk Britaniya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik
17.04.2024 2024-04-19 16:44Buyuk Britaniya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik
Buyuk Britaniya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida, joriy yilning 16-17-aprel kunlari bir qator ingliz OTMlari delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 16-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi “Amfiteatr”ida Buyuk Britaniya OTMlarining taqdimotlari, ikki mamlakat OTMlari o‘rtasida o‘zaro tanishuv (“B2B”) uchrashuvlari (forum) o‘tkazildi. Forumda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i O.Vohidova ham ishtirok etdi.