BuxDTI matbuot xizmati

Davlat madhiyasi bu Vatanning ovozi

photo_2022-12-17_16-12-39

Davlat madhiyasi bu Vatanning ovozi

Bugun viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari,  ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba yoshlar Buxoro shahridagi Hazrati imom qabristonida ushbu   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, xalq artisti, madhiyamiz bastakori Mutal Burhonov qabrini ziyorat qilishdi.

Ulug‘ kompozitor qabriga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.

Shundan so‘ng Buxoro shahrining Bahouddin Naqshband ko‘chasida joylashgan Mutal Burhonov uy-muzeyiga borishdi. Uy-muzeyidagi “Mutal Burhonov umr yo‘li”, “Bastakor ijod xonasi”, “E’tirof, ehtirom”, “Musiqa tarixi” kabi bo‘limlarni ko‘zdan kechirib, Markaziy Osiyoda musiqa san’ati rivojlanishiga oid hujjatlar, XVIII asrda Buxoroda shakllangan “Shashmaqom”ning dastlabki notaga solinishi, u bilan bog‘liq ilk tadqiqotlar, O‘zbekiston madhiyasi musiqasining yaratilish jarayoni aks etgan lavhalarning guvohi bo‘lishdi.