BuxDTI matbuot xizmati

“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan profilaktik tadbir

b0ab0f376c32063be2dc9

“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan profilaktik tadbir

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi va o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish maqsadida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan tadbirda institut rektori Shuxrat Teshayev, rektor maslahatchisi Ma’ruf Maxmudov, Buxoro viloyat DX va IIBning terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish xizmati hamda kiberjinoyatchilikni oldini olish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbirni Abi Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar boshqarmasining tegishli xizmat xodimlari avvalo har bir insonda daxldorlik hissi bo‘lishini hamda atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga bee’tibor bo‘lmaslik va bilib-bilmay o‘z umrini xazon qilmaslik zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, u jahonning barcha mamlakatlarida mavjud bo‘lgan va o‘z qatorini yoshlar hisobiga ko‘paytirish yo‘lida faoliyat olib borayotgan oqimlar haqida to‘liq va asosli fikrlar keltirdi. Talabalarni ogohlikka da’vat etish barobarida, bugungi kunda ijtimoiy hayotimizda, missionerlik, diniy ekstremizm va ommaviy madaniyat ta’siriga tushib kolgan yoshlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi hamda bevosita bu kabi holatlar qatnashchilariga aylanib qolmaslik uchun avvalo ilm o‘rganish kerakligi haqida gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘laqonli va asosli javoblar olishdi.