“Dolzarb 90 kun” doirasida 3D modellashtirish to‘garagi faoliyati davom etmoqda!
21.07.2025 2025-07-22 9:59“Dolzarb 90 kun” doirasida 3D modellashtirish to‘garagi faoliyati davom etmoqda!
“Dolzarb 90 kun” doirasida 3D modellashtirish to‘garagi faoliyati davom etmoqda!
🔷 Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va informatika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “3D modellashtirish” to‘garagi yozgi ta’til davrida talabalar uchun nafaqat mazmunli, balki foydali vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratmoqda. To‘garak doirasida talabalar bilan muntazam ravishda amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

♻️ Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar 3D texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarish, modellashtirish, 3D printerlar bilan ishlash, hamda tibbiyotda raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Bu jarayonlar orqali talabalar o‘zlarining texnik va kreativ salohiyatlarini yanada rivojlantirib, kasbiy yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlashmoqda.

🔬 Ayniqsa, tibbiy asbob-uskunalar dizayni, organ modellari tayyorlash va biofizik jarayonlarning 3D ko‘rinishda modellashtirilishi bo‘yicha olib borilgan mashg‘ulotlar talabalar uchun alohida motivatsiya manbai bo‘ldi.
🌟 To‘garak nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, balki talabalar orasida ijodiy fikrlash, texnologik tafakkur, jamoaviy ishlash va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👩💻 Ushbu faoliyat “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida yoshlarga ma’naviy, madaniy va kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.