Dolzarb 90 kun doirasida vazirlik rahbariyati institutda bo’ldi.
12.06.2025 2025-06-14 9:56Dolzarb 90 kun doirasida vazirlik rahbariyati institutda bo’ldi.
➡️“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasidа bugun Buxoro davlat tibbiyot institutiga “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlani o’rganish maqsadida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi A.Rizayev hamda vazirlik bo’lim boshligi S.Sanakulov tashrif buyurdi.


Tashrif davomida ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, labaratoriya, simulyatsiya markazi, institut klinikasi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari dolzarb 90 kunlik doirasida amalga oshirilgan debatda ham qatnashdi.


Debat – O‘zbekiston yoshlari birlashaylik! g‘oyasini anglash!
🏛Bugun, joriy yilning 12-iyun kuni, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida “Dolzarb 90 kun” doirasida “O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” g‘oyasini anglash mavzusida ochiq muloqot va munozaralarga boy debat bo‘lib o‘tdi.
🎗Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan mazkur g‘oyaning dolzarbligi, uning jamiyatdagi birlashuv, hamjihatlik va yoshlarning faolligini oshirishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.


👥Tadbir yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirda g’olib jamoalar:
🥇-o’rin: Intellekt jamoasi;
🥈-o’rin: Sinafs jamoasi;
🏆G’olib jamoalar diplom bilan taqdirlandi.
🎗Debatda faol qatnashgan Biotibbiyot va Turkiya tibbiyoti fakulteti jamoalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
