BuxDTI matbuot xizmati

“Dolzarb 90 kun” doirasida xalqaro ilmiy hamkorlik: Tibbiy kimyo va biokimyo kafedralarida muhim tadbir

Dolzarb 90 kun1

“Dolzarb 90 kun” doirasida xalqaro ilmiy hamkorlik: Tibbiy kimyo va biokimyo kafedralarida muhim tadbir

2025-yilning 11–12-iyul kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Biokimyo va Tibbiy kimyo kafedralarida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida muhim ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Pokistonning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Mohammad Ali Jinnah Universiteti professori, taniqli olim Dr. M. Kamran Azim institutimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor Dr. Kamran Azim kafedra professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilar uchun biotibbiy tadqiqot metodologiyasi, molekulyar biologiya va biokimyo sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ishlash, eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy maqola yozish mavzularida interaktiv ma’ruzalar o‘qidi.

🔬 Ma’ruzalarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

Biotibbiy tadqiqotda ilmiy metodologiya asoslari

Molekulyar biologiyada ilg‘or yondashuvlar

Biokimyoviy tahlil va laboratoriya jihozlari bilan ishlash amaliyoti

Ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish va statistik asosda izoh berish

Xalqaro ilmiy jurnallar uchun maqola tayyorlash qoidalari

Ushbu tashrif institut ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va yosh tadqiqotchilarni rag‘batlantirishda muhim qadam bo‘ldi.