BuxDTI matbuot xizmati

Dubaydagi iqtidorli o‘quvchilar Buxoro tibbiyot institutiga tashrif buyurdi

Dubaydagi iqtidorli o‘quvchilar Buxoro tibbiyot institutiga tashrif buyurdi1

Dubaydagi iqtidorli o‘quvchilar Buxoro tibbiyot institutiga tashrif buyurdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro mehmonlarni qarshi oldi. Birlashgan Arab Amirliklaridagi Xalqaro maktabda tahsil olayotgan 47 nafar iqtidorli o‘quvchi va ularning 4 nafar ustozlari institutga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — tibbiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, kelajakda maktabni tamomlagach o‘zlari uchun munosib OTMni tanlashdir. Mehmonlar orasida Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Marokko, Hindiston, Fransiya kabi mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan o‘quvchilar bor.

Tashrif davomida mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan klinik baza, zamonaviy kutubxona (ARM) va Simulyatsiya markazi bilan yaqindan tanishishdi.

Ular institutning:
✅ zamonaviy ta’lim sifati,
✅ klinik imkoniyatlari,
✅ ARM va Simulyatsiya markazi,
✅ qulay o‘quv muhitini yuqori baholab, institut jamoasiga chuqur minnatdorlik izhor qilishdi.

Tashrif ishtirokchilari institutdagi ilmiy va amaliy salohiyat, xalqaro darajadagi imkoniyatlar ularning katta taassurotiga sabab bo‘lganini ta’kidlab, kelgusida hamkorlik va almashinuv dasturlarida qatnashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.