BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

“El Yurt Umidi” – yoshlar qanoti : Bitiruvchilar bilan muloqot

10

“El Yurt Umidi” – yoshlar qanoti : Bitiruvchilar bilan muloqot

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali rahbari Zafar Jumayev va institut rektori Shuxrat Teshayevning joriy yildagi bakalavriat va magistratura yo‘nalishi bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Dastlab, yaqinda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan BuxDTI jamoasini samimiy muborakbod etgan rektor va Agentlitik filiali rahbari, ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

Ochiq mulovot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochgan rektor Sh.Teshayev uchrashuvning mazmun-mohiyati, bitiruvchi talabalarni bevosita davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlab, ularga har taraflama e’tibor qaratayotganining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi

Joriy yilda mazkur oliy ta’lim muassasasini 597 nafar bakalavr, 98 nafar magistratura yo‘nalishini tamomlayotgan talaba-yoshmustaqil hayotga yo‘llanma oladi.Ta’kidlash joizki, ularning o‘zlari o‘qigan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bandligini ta’minlab, hayotdan o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish uchun tegishli chora-tadbir belgilab olgan

         Shuningdek, so‘zga chiqqan DXRA Buxoro viloyat filiali rahbari Zafar Jumayev va filial xodimi Jasur Toshov ayni paytda davlat xizmatiga qabul qilish jarayonidagi shaffoflik hamda turli bosqichda o‘tkaziladigan sinov imtihonlari haqida so‘z yuritdi.

Shu bilan birga Prezidentimizning 5843-sonli “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun mohiyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Prezidentimizning 2018 yil 25 sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Xorijiy ta’lim muassasalarida mamlakatimiz uchun mutaxassislar tayyorlash, xorijda yashayotgan ilmiy salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uning asosiy vazifasi etib belgilangan. Bugungi kunda ushbu tuzilma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va imkoniyatlar haqida taqdimot nutqi bilan birga videoroliklar namoyish etildi.

–Ta’kidlash joizki, mazkur jamg‘arma mamlakatimizning jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Shu ma’noda kadrlarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlari Jamg‘arma tashkil topgan ilk kunlardanoq faoliyatining asosiy mezoniga aylangan.

Bitiruvchilarga mazkur jamg‘amaning imkoniyatlari va kelgusidagi davlat xizmatidagi faoliyatlari haqida batafsil tushuncha berildi.