“El-yurt umidi”
17.03.2023 2023-03-23 10:38“El-yurt umidi”
⚡️Joriy yilning 17 mart kuni, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, Buyuk Britaniyaning “Queyen Mary University of London” PhD doktoranti Bekzod Isomitdinov va Yaponiyaning “Osaka University” PhD doktoranti Ulug‘bek Yaxshimurodov o‘zlari faoliyat yuritgan Buxoro Davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan vebinar tashkil etishdi.


💥Vebinarda Bekzod Isomitdinov va Ulug‘bek Yaxshimurodovlar Jamg‘arma faoliyati, tanlovlari, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qabul jarayonlari haqida ma’lumotlar berib, o‘z tajribalarini vebinar qatnashchilariga ulashdilar.


🔰Uchrashuvda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, magistratura va bakalavr bosqichi talabalari ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bundan tashqari bu kabi vebinarlarni doimiy o‘tkazishga kelishildi.
