Endi o‘qishni ko‘chirishga(perevod) faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi
07.06.2022 2022-06-07 14:42Endi o‘qishni ko‘chirishga(perevod) faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi
Endi o‘qishni ko‘chirishga(perevod) faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalarning yaxshiroq yo‘nalishga o‘qishini ko‘chirib olishi holatlari ko‘payganini, bu jarayonda korrupsion elementlar saqlanayotganini bildirib, joriy yildan faqatgina 2 toifa talabalarigagina vazir xati bilan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilishini ma’lum qildi.
Endi talaba:
– Turmush qursa;
– Davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsagina o‘qishini ko‘chira oladi”, dedi vazir.
Abduqodir Toshqulovning qayd etishicha, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.