Endokrinologiya markazi rahbari institutga tashrif buyurdi
26.02.2025 2025-02-27 11:52Endokrinologiya markazi rahbari institutga tashrif buyurdi
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov institutga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ham ishtirok etdi. Institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonlarni samimiy kutib oldi.


Tashrif davomida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan smart issiqxona qurish jarayonlari hamda institut hovlisida tashkil etilgan xotira xiyoboni bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlar institutning Simulyasiya markazida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berishdi.


Shu bilan birga, mehmonlar Institut Axborot resurs markazi va kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishishdi. Ular mazkur maskanlarda talabalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi va axborot texnologiyalari imkoniyatlarini yuqori baholashdi.


Professor A.Alimov kelgusida markaz hamda institut o‘rtasida samarali hamkorlik olib borilishiga ishonch bildirdi.
Tashrif chog‘ida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ham ishtirok etdi. Institut rektori, professor Shuhrat Teshayev mehmonlarni samimiy kutib oldi.