Erta tongdan marafon: “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!”
03.09.2023 2023-09-05 11:10Erta tongdan marafon: “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!”
Erta tongdan marafon: “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!”
Bugun ertalab yurtimiz shaharlari bo‘ylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Musobaqa masofasi 3 km etib belgilangan ushbu marafonda talabalar, o‘quvchilar, shifokorlar, bank xodimlari umuman aholining barcha qatlamidan ishtirokchilar qatnashdi.
Tonggi soat 06:30 da start berilgan marafon Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog‘i oldidan boshlanib, “Shahriston” maydonigacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi.
Sog‘lom hayot, farovon kelajak uchun tashkil etilgan mazkur sport tadbiri – “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafonida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev boshchiligidagi faol jamoa ham ishtirok etdi.