EZGULIK — INSONNI ULUG‘LAYDI
13.09.2025 2025-09-15 15:42EZGULIK — INSONNI ULUG‘LAYDI
🎚️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayevga G’ijduvon tumanida joylashgan “Vazirshox” mahalla fuqorolar yig’ini hududida yashovchi ehtiyojmand oilalar biriktirilganligi to’g’risida xabar bergan edik.

🔹2025-yil 13-sentabr kuni institut rektori mahallada istiqomat qilayotgan Abdurahmonova Mahbuba, Safarova Gulbahor, Xojiyeva Rashida, Xidirova Muyassar va Yakubova Shoira bilan uchrashdi.

😄Uchrashuv davomida ularning yashash sharoiti, salomatligi va ijtimoiy holati o‘rganilib, mavjud muammolarga amaliy yechim topish choralari belgilandi. Institut tomonidan taqdim etilgan yordam paketlari ko‘plab oilalarga quvonch ulashdi.

❤️Shuningdek, rektor Sh.Teshayev ularning salomatligini tiklashda institut klinikasi mutaxassislari tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi, zarur tahlil va maslahatlar berilishini ma’lum qildi.

❤️Mazkur tashabbus davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, ijtimoiy adolat va mehr-oqibat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Institut bu yo‘nalishdagi ishlarini kelgusida ham izchil davom ettiradi.