Farovon oila sari : ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
16.05.2023 2023-05-17 12:12Farovon oila sari : ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

Farovon oila sari : ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Oila – hayotiy qadriyatlar, jamiyatning axloqiy poydevori, ma’naviyat o‘chog‘i, milliy an’ana va urf-odatlarning muhofizi va munosib avlodni tarbiyalaydigan eng muhim ijtimoiy institutdir.
Yurtimizda oilalarni mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida 15 may – “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan “Farovon oila sari” shiori ostida 5 maydan 5 iyunga qadar “Oilalarni mustahkamlash oyligi” e’lon qilingan.


Bugun sana munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda psixologlar, oilani qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
