Favqulodda vaziyatlarga tayyorlik – bu har bir fuqaroning burchi!
21.07.2025 2025-07-22 10:24Favqulodda vaziyatlarga tayyorlik – bu har bir fuqaroning burchi!
🏛2025-yil 18-iyul kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga qarashli “Jo‘yzar” sog‘lomlashtirish maskanida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Zilzila va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🔗Tadbirda ijtimoiy obyektlar, bozorlar, jamoat joylari va boshqa muhim hududlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, hamda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔎 Asosiy mavzular quyidagilarni qamrab oldi:
♻️Zilzila vaqtida qanday harakat qilish kerak?
♻️O‘zini va atrofdagilarni himoya qilish usullari;
♻️Yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan bajarilishi zarur bo‘lgan choralar;
♻️Aholining hushyorligi va xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib o’tildi.

👥 Tadbir ishtirokchilari bu mavzularga katta qiziqish bildirdilar va amaliy ko‘rsatmalar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.