Faxru iftixor
30.12.2022 2023-01-04 16:12Faxru iftixor
Buxoro davlat tibbiyot institutining sobiq bitiruvchisi, iste’dodli shifokor, jonkuyar ustoz, professor, mohir reformator rahbar Amrillo Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi!
Amrillo Inoyatovni jamoamiz nomidan, buxoroliklar nomidan chin ko‘ngildan tabriklab, uning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi. Mamlakatimiz tibbiyot tizimini rivojlantirishga, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishiga kuch-quvvat tilaydi.
Hurmat va ehtirom bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi